Category Archives: DTS

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiya oʻquv fanini oʻrganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi
Umumiy oʻrta

ta’lim

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining

5-sinf bitiruvchilari

A1 Biologiya fanini oʻrganishning boshlangʻich darajasi
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining biologiya fani chuqur oʻrganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf bitiruvchilari A1+ Biologiya fanini oʻrganishning

kuchaytirilgan boshlangʻich darajasi

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining

9-sinf bitiruvchilari

A2 Biologiya fanini

oʻrganishning tayanch

darajasi

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining biologiya fani chuqur oʻrganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+ Biologiya fanini oʻrganishning kuchaytirilgan

tayanch darajasi

Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi Biologiya faniga chuqurlashtirilmagan

oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

B1 Biologiya fanini oʻrganishning umumiy darajasi
Biologiya faniga chuqurlashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari B1+ Biologiya fanini oʻrganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida biologiya oʻquv fanini oʻqitishning maqsad va vazifalari

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiya oʻquv fanini oʻqitishning maqsadi: oʻquvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, koʻpayishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, oʻzaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiya oʻquv fanini oʻqitishning vazifalari:

asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;

tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;

oʻquvchilarni oʻzlarining va oʻzgalarning salomatliklarini saqlashga, sogʻlom turmush tarziga rioya qilishga yoʻnaltirish;

biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bogʻlanishini ta’minlash asosida oʻquvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yoʻnaltirish;

tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda boʻlish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

biologik bilimlar zaminida mahalliy oʻsimlik va hayvon turlari, selektsiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali oʻquvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish kompetentsiyalarini shakllantirishdan iborat.

Biologiya fani boʻyicha umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qoʻyiladigan malaka talablari

1. Biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetentsiyasi

A1

Tabiiy ob’ektlarni taniydi (hujayra, oʻsimlik, hayvon, zamburugʻ va bakteriyalar, odam organizmi, tirik organizmlarning tuzilish darajalari), ularning tuzilishidagi oʻziga xosliklarni anglaydi, biologik jarayonlar modda va energiya almashinuvi, oziqlanish, nafas olish, ayirish, ta’sirlanish, oʻsish, rivojlanish, koʻpayish, hayotiy jarayonlarning boshqarilishi mohiyatini yorita oladi, qiyoslaydi, umumiy va farqli jihatlarini aniqlay oladi.

A1+

Tirik organizmlarning xilma-xilligini biladi, ularga xos belgilarni tasavvur qila oladi, organizmlarga xos belgilarni qiyoslay oladi, umumiy va farqli jihatlarini tushuntirib bera oladi.

A2

Atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonunlarning mazmun-mohiyatini biladi va tasniflay oladi, mavzular yuzasidan vujudga kelgan muammolarini anglay oladi, muammoni hal etish maqsadida gʻoyalarni ilgari sura oladi, oʻz fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qila oladi, umumlashtirib, muammoni hal etish yuzasidan xulosalar chiqara oladi.

Biologik axborotlarning turli manbalari (darslik, oʻquv qoʻllanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lugʻatlar, entsiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qoʻllay oladi.

A2+

Genetika asoslaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qoʻllash yuzasidan masala va mashqlar yecha oladi va ularni amalda qoʻllay oladi.

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, oʻz fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar (tur — asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy oʻzgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning oʻziga xos jihatlarini koʻrgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, ogʻzaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning oʻzaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning oʻzaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq toʻri, biosfera — global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, oʻquv qoʻllanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lugʻatlar, entsiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qoʻllay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qoʻllay oladi.

2. Biologik ob’ektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar oʻtkazish va xulosa qilish kompetentsiyasi

A1

Maktab tajriba maydonida va sinf xonalarida oʻstirilayotgan oʻsimliklarni taniydi, maktabning tirik burchagidagi va tabiatdagi hayvonlarni kuzata oladi. Tajriba maydonlarida oʻstirilayotgan oʻsimliklarda tajribalar oʻtkaza oladi va xulosalar chiqara oladi. Biologiya xonasida mavjud didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari bilan ishlay oladi, vaqtinchalik preparat tayyorlay oladi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni biladi.

A1+

Maktab tajriba maydonida oʻstirilayotgan oʻsimliklar va uning organlaridan gerbariy tayyorlay oladi, umurtqasiz hayvonlardan kollektsiyalar toʻplash yoʻllarini biladi va ularni izohlay oladi, tayyorlangan kollektsiyalarni tushuntira oladi va xulosalar chiqara oladi.

A2

Biologik ob’ektlarda boradigan jarayonlar, tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini oʻrganish uchun tajriba va kuzatishlarni aniq maqsad va reja asosida olib boradi, ma’lumotlar toʻplaydi, natijalarni qayd etadi, olingan natijalarni tahlil qila oladi, umumlashtiradi, xulosa qila oladi.

A2+

Tabiatda organizmlarning moslanishi va tarqalishi yuzasidan olib borilgan kuzatishlar asosida ularni himoya qilish yoʻllarini biladi va tushuntira oladi.

B1

Atrof muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va oʻzaro aloqasi, ekologik sharoitga koʻra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini oʻrganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar toʻplaydi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya oʻquv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashgʻulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.

3. Sogʻlom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya

A1

Tabiatda oʻzini tutishning asosiy qoidalari va sogʻlom turmush tarzi asoslarini biladi, oʻzining va oʻzgalarning sogʻligʻini asrash qoidalarini biladi va oʻz organizmini nazorat qila oladi.

A1+

Salomatlikni asrash va tabiatda oʻzini tutishning asosiy qoidalarini, organizmni chiniqtirish yoʻllarini biladi va unga amal qila oladi.

A2

Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar va ularning oldini olish haqidagi ma’lumotlarni biladi;

yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish maqsadida gigienik va ratsional ovqatlanish qoidalarini, organizmlarda parazitlik qiladigan hayvonlarning rivojlanish tsiklini oʻzlashtirgan holda ularga qarshi kurash usullarini biladi, yuqtirmaslik chora-tadbirlarini qoʻllay oladi, zaharli oʻsimliklar va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini ola oladi, turli omillar va hayvonlar tomonidan jarohatlanganda, shamollaganda, kuyganda, oftob va sovuq urganda, suyak va paylar shikastlanganda, suvga choʻkkanda birinchi yordam koʻrsatish usullarini qoʻllay oladi;

kun tartibiga rioya qiladi, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uygʻun ravishda amalga oshirish yoʻllarini tushunadi, inson salomatligiga ekologik omillarning ijobiy va salbiy ta’sirini, zararli odatlarning oqibatlarini tahlil qilib izohlay oladi;

ta’lim muassasasi va mahallalarda obodonlashtirish borasida olib boriladigan ijtimoiy foydali tadbirlarda faol qatnashadi, biologiya xonasi va tirik tabiat burchagida xona oʻsimliklarini, maktab tajriba yer maydonchasida madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlarini parvarishlaydi va koʻpaytirishni bajara oladi;

tabiat va boshqa insonlar bilan munosabatda oʻz xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi, tabiat goʻzalliklari va biologik ob’ektlarini estetik jihatdan baholay oladi.

A2+

Ekologik omillarning tabiatga va inson salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini izohlaydi va ularni oʻzgalarga tushuntira oladi.

B1

Sogʻlom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, oʻzining va oʻzgalarning sogʻligʻini asrash va qadrlash, organizmidagi oʻzgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uygʻun ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda oʻz xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni koʻpaytirishda ishtirok eta oladi.

B1+

Tabiat — inson — jamiyat munosabatlarini anglagan holda sogʻlom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yoʻllarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.