Category Archives: G’aroyib olam

DENGIZ “QIROLI”

Akula – mukammal rivojlangan ummon jonivorlaridan biri hisoblanadi. Uning hayotga chidamliligi nafaqat oddiy kishilarni, balki yetuk olimlarni-da hayratda qoldiradi. Bunday deyishimizga sabab, sayyoramizda odamzot paydo bo’lishidan avval dengiz bayroqdori akula bo’lganligidir. O’sha zamonlardan beri tabiat, iqlim necha bor o’zgardi, natijada hayvonot olami ham qayta-qayta “yangilandi”. Qaysidir bir turlari yer yuzidan umuman qirilib ketdi, boshqasi paydo bo’ldi, quruqlik suvlikni siqib chiqdi va yana suvlikka cho’kdi, biroq akula yashab qola bildi.
Continue reading DENGIZ “QIROLI”

Miya hujayralari ko’chirib o’tqazildi

Quddusdagi «Xadassa Eyn-Karem» shifoxonasining bir guruh tibbiyotchilari Singapur universiteti va Avstraliyaning Monsh universitetidagi hamkasblari bilan hamkorlikda dunyoda birinchi bo’lib insonning naychali miya hujayralarini sun’iy ravishda ko’chirib o’tqazishga muvaffaq bo’lishdi. Quvonarlisi shuki, bunday ko’chirib o’tqazish shu paytgacha davolash mumkun bo’lmagan og’ir kasalliklarni davolashning yangi yo’llarini ochib berdi.
Continue reading Miya hujayralari ko’chirib o’tqazildi

«QIZIL KITOB»dagi parilar

Hammamiz yaxshi bilamiz, ya’ni yoshligimizdayoq bu jonzotlar haqida ertaklar eshitganmiz va o’qiganmiz, qisqasi, quloqlarimizga singib ketgan. Gap nimadaligini anglamadingiz chog’i. Gap suv parilari haqida.
Bugungi fan taraqqiyoti va ilmiy kuzatuvlar suv parilari haqidagi ertaklar bekorga to’qilmaganligini isbotladi. Ertakning tagida jon bor ekan.
Continue reading «QIZIL KITOB»dagi parilar

INSON –TILSIMI

— O’rta yoshdagi odam har soatda o’z terisining 600 ming zarrasini yo’qotib turadi, bir yilda esa bu ko’rsatkich 675 grammni tashkil etadi. Agar kishi o’rtacha 70 yil umr ko’rsa, bu davrda 48 kilo teri yo’qotadi, ya’ni tana og’irligining 70 foizini.
— Erkak kishi umr bo’yi 22 tonna ovqat va 33 000 litr turli suyuqlik iste’mol qilsa, ayollar bu borada ancha “ochko’zroq” ekan, ya’ni 25 tonna ovqat va 37 000 litr suyuqlikni paqqos tushirisharkan.
Continue reading INSON –TILSIMI