Category Archives: Tabiat ajoyibotlari

Eng kichik primat – Marmozetka

Marmozetkalar (inglizcha marmoset–martishka) Callithrix, CebuellaCallibella va Mico turkumlariga mansub 22 turni o`z ichiga oladi.

Martishkalarning tuzilishi boshqa primatlarga nisbatan birmuncha primitiv tuzilgan. Tana uzunligi o`rtacha 20 (8 dyum) ni tashkil etadi.

Tana harorati o`zgaruvchan bo`lib, kun davomida 4 ° C (7 ° F) ga o`zgarib turadi.

Marmozetkalar janubiy Amerika(Boliviya, Braziliya, Kolumbiya Ekvador, Paragvay va Peru), markaziy Amerika va Meksikada uchraydi. Uy hayvoni sifatida ham saqlanadi.

Marmozetkalar daraxtlarning yuqori qismida aktiv hayot kechirib, hasharotlar, mevalar va barglar bilan oziqlanadi. Pastki kurak tishlari yaxshi rivojlangan bo`lib, daraxt shoxi va novdalari po`stini ochib o`simlik sharbati bilan ham oziqlanadi.

Marmozetkalar ichida eng kichigi Karlik martishka (Cebuella pygmaea ), tana uzunligi dumi bilan qo`shib hisoblaganda 17-22 sm, gavdasining usunligi 11 – 15 sm. Tana massasi esa 100-150 gramni tashkil etadi.

Tanasi qalin va uzun yung bilan qoplangan bo`lib, yuqori qismi qo`ng`ir-tilla rang, pastki qismi esa sariq-qo`ng`ir yoki pusti rangda. Daraxtlarda hayot kechiradi. O`ziga xos xususiyatlaridan biri boshini 180 gradusga bura oladi. 5 m gacha masofada shoxdan shoxga sakray oladi.

AVOKADO

avocado.jpg

Avokado lavrdoshlar oilasiga mansub, doimo yashil, tez o’sadigan, bo’yi 10-20 metrli daraxtdir. Barglari etli, oddiy, tuxumsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, qirg’oqlari tekis, bo’yi 20, eni 3-10 santimetr. To’pguli barg qo’ltig’idan chiqqan. Gulqo’rg’on barglari oqimtir yashil rangda, ikki jinsli. Voyaga yetgan bir tupida 1,5-2 million gul bo’ladi. Mevasi ko’pincha noksimon yoki tuxumsimon shaklda qizil-qoramtir rangda bir urug’li danagi bor. Gektaridan 16 tonnagacha meva olinadi.      Continue reading AVOKADO

Qazi daraxti (Kigelia africana)

kolbasnoe-derevo14.jpgkigelia_africana.jpgkolbasnoe-derevo01.jpg Bu alomat daraxt bizda uchramaydi. Lekin qazi daraxti oilasiga kiradigan, ko’cha va parklarda manzarali o’simlik sifatida ekiladigan, bahorning oxirlarida odamlarni o’ziga maftun qiladigan gullar chiqarib, tevarak-atrofga ajib husn beradigan begnoliya deb ataladigan kattagina daraxtni ko’pchilik yaxshi biladi. Bu har ikkala daraxt qovoq daraxti singari begnoliyadoshlar oilasiga kiradi. Qazi daraxtining ilmiy nomi Kigeliya afrikanadir.

Continue reading Qazi daraxti (Kigelia africana)