Category Archives: Yangiliklar

Мактаб битирувчилари билимига баҳо беришнинг ягона тизими жорий этилади.

Умумтаълим муассасалари битирувчиларининг якуний давлат аттестацияси ҳамда олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларини унификация қилиш ва ягона имтиҳонни жорий этилади. Бу ҳақдаги Президент қарори лойиҳаси муҳокама учун жойлаштирилди.

Лойиҳага кўра 2021-2022 ўқув йилида тажриба синов тариқасида Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси томонидан белгиланадиган ҳудуддаги умумий ўрта мактаб ва академик лицей, 2022-2023 ўқув йилидан бошлаб барча умумий ўрта мактаб, академик лицей ва қабули 9-синф негизи асосида амалга ошириладиган касб-ҳунар мактаби битирувчиларининг якуний давлат аттестацияси ҳамда олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонлари унификация қилиниб, ягона тест синовларини ўтказиш йўлга қўйилади.

Бунда:

умумтаълим муассасаларининг жорий йил битирувчилари якуний давлат аттестацияси имтиҳони сифатида учта фан — она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи (кейинги ўринларда – мажбурий фанлар) фанларидан тест синовларини топширади;

мажбурий фанлар бўйича тест синови натижалари умумтаълим муассасаси битирувчиларининг умумий таълим тўғрисидаги ҳужжати (шаҳодатнома, дипломи)га қўйилади;

олий таълим муассасаларига кириш истагини билдирган умумтаълим муассасалари битирувчилари шахсий танловига кўра, ихтиёрийлик асосида бакалавриат таълим йўналишларига мос фанлардан тест синовларини топширади;

2022 йилдан бошлаб, аввалги йилларда таълим муассасаларини тугатганлар белгиланган муддатларда бакалавриат таълим йўналишларига мос фанлар ва мажбурий фанлардан тест синовларини топширади.

❗️Ҳар йили тест синови ва олий таълим муассасаларига қабул натижалари таҳлили асосида умумтаълим муассасалари таълим дастурлари ва битирувчилар сифати мониторингини олиб борилади.

Лойиҳа билан тўлиқ танишиш ва муҳокамада иштирок этиш:
https://regulation.gov.uz/uz/document/20241

Jizzax viloyatida Abu Ali ibn Sino nomidagi biologiya olimpiadasi o‘tkaziladi.

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Jizzax viloyat hokimligi bilan hamkorlikda joriy yilning 22 oktyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi biologiya (qo‘shimcha respublika) olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
   Ushbu olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
    Jizzax shahridagi “Umid” ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkaziladigan mazkur olimpiadada 2018-2019 o‘quv yilida asosiy fan olimpiadasining III bosqichida g‘olib bo‘lib (1-2-3-o‘rin), hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf, akademik litseylarning 1- va 2-bosqich hamda kasb-hunar kollejlarining 3-bosqichida tahsil olayotgan 100 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etadi.
    Olimpiada ishtirokchilariga 40 ta test savoli va ushbu testlarni bajarish uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Belgilangan muddat ichida ishtirokchilar javob varaqasini to‘ldirib, nazoratchilarga taqdim etishlari lozim.
     Natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilarning uch nafari g‘olib deb topiladi. G‘olib o‘quvchilar pul mukofoti va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Manba: http://uzedu.uz/

Namangan viloyati Uychi tumani XTB ga qarashli 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Biologiya darslarini zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida tashkil etish” mavzusida tashkil etilgan viloyat o‘quv-amaliy seminari bo`lib o`tdi

2018 yil 16-mart kuni NamDU huzuridagi XTXQTMOHM aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi hamda Namangan viloyati Uychi tumani XTB tamonidan tumanning 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Biologiya darslarini zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida tashkil etish” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda biologiya fani yoʻnalisgida tuman miqyosidagi “Tayanch maktab”lari trener-o‘qituvchilari, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar va tuman(shahar) tabiiy fanlar metodistlari ishtirok etishidi.

Seminarda Uychi tumani XTB ga qarashli 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabi biologiya fani o`qituvchisi Toshmatova Dilafroʻz tomonidan “Qirqquloqlar boʻlimi” mavzusida, 24-umumiy oʻrta ta’lim maktabi kimyo fani o`qituvchisi Raximova Soxilaxon tomonidan  “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusida tashkil etilgan ochiq darslari kuzatildi.

Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy yondashuvlar asosida biologiya darslarini tashkil etishda foydalaniladigan innovatsion axborot va ta’lim texnologiyalari hamda ulardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar oldilar hamda ushbu yo‘nalishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘ldilar.

Seminar yakunida ishtirokchilarga mavzu asosida metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari va ko`rgazmali qurollar tarqatildi.

Seminar davomida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda olingan ma’lumotlarni xududlarda targ‘ib etish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv amaliy seminarlar tashkil etishga kelishib olindi. Ushbu vazifa tuman fan metodistlari va tuman miqyosidagi “Tayanch maktab”lari trener-o‘qituvchilari zimmasiga yuklatildi.

“Biologiya darslari uchun didaktik materiallar tayyorlash va ulardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish” mavzusida tashkil etilgan viloyat o‘quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Namangan VXTXQTMOIda 2017 yil 28-fevral kuni tabiiy va aniq  fanlar ta’limi kafedrasi tamonidan “Mahorat maktablari” yo‘nalishida “Biologiya darslari uchun didaktik materiallar tayyorlash va ulardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuSemenar 1man miqyosidagi “Mahorat maktablari” trener-o‘qituvchilari, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar va tuman tabiiy fanlar metodistlari ishtirok etishidi.

Seminar davomida Namangan Davlat Universiteti biologiya kafedrasi mudiri O.Abdiyeva “Biologiya darslari uchun didaktik materiallar tayyorlash va ulardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish”Semenar 2 mavzusida, Namangan Davlat Universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti O‘.Asqarova “O‘quv materiallarining hususiyatlari” mavzusida, NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta
o‘qituvchisi Q.Niyozov “Biologiya darslarida fan bo‘yicha yaratilgan elektron axborot vositalaridan samarali foydalanish” mavzusida, Namangan VXTB MM metodisti  I.Akbarov “Dars jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish metodikasi” mavzusida, NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Sh.G‘aniyev “Ta’lim muassasalarida sensorli ekrandan foydalanish” mavzulari bo‘yicha seminar ishtirokchilari bilan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etdilar.

Shuningdek, viloyatSemenar 3 “Mahorat maktabi” trener-o‘qituvchisi M.Aliboeva tomonidan “Biologiya darslari uchun nostandart testlar va amaliy topshiriqlar ishlab chiqish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Kosonsoy tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi M.Rahimova o‘zi tomonidan tayyorlangan  “Vegetativ nerv sistemasi” mavzusidagi interaktiv didaktik vositasini namoyish etdi va ishlash prinsiplari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.Semenar 4

Seminarda ishtirokchilar biologiya darslari uchun didaktik materiallar va vositalarni tayyorlash, ulardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar oldilar hamda ushbu yo‘nalishda ko‘nikma va malakaga bo‘ldilar.

Seminar yakunida ishtirokchilarga video darslar yaratishda foydalaniladigan Ashampoo.Snap dasturi va undan foydalanish bo‘yicha o‘quv filmi,      Easy Quizzy test tuzuvchi dasturi va undan foydalanish bo‘yicha o‘quv filmi, “Biologiya darslari uchun didaktik materiallar tayyorlash va ulardan samarali foydalanish” nomli metodik tavsiya, “Biologiya darslarida Microsoft Office Excel dasturidan samarali foydalanish” mavzusidagi maqola, “O‘simlik organlari” hamda “Hasharotlar” mavzularidagi inlizcha-o‘zbekcha rangli ko‘rgazmalar tarqatildi.Semenar 5

Seminar davomida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda olingan ma’lumotlarni xududlarda targ‘ib etish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv amaliy seminarlar tashkil etishga kelishib olindi. Ushbu vazifa tuman metodistlari va tuman miqyosidagi “Mahorat maktablari” trener-o‘qituvchilari zimmasiga yuklatildi.