DENGIZ “QIROLI”

Akula – mukammal rivojlangan ummon jonivorlaridan biri hisoblanadi. Uning hayotga chidamliligi nafaqat oddiy kishilarni, balki yetuk olimlarni-da hayratda qoldiradi. Bunday deyishimizga sabab, sayyoramizda odamzot paydo bo’lishidan avval dengiz bayroqdori akula bo’lganligidir. O’sha zamonlardan beri tabiat, iqlim necha bor o’zgardi, natijada hayvonot olami ham qayta-qayta “yangilandi”. Qaysidir bir turlari yer yuzidan umuman qirilib ketdi, boshqasi paydo bo’ldi, quruqlik suvlikni siqib chiqdi va yana suvlikka cho’kdi, biroq akula yashab qola bildi.
Olimlarning ta’kidlashlaricha, akulaning eng qadimgi izlari devon davri (paleozoy erasining uchinchi davri – 360-265 million yil avval)ga borib taqalarkan. Qadimshunoslar topilmalarga asoslanib, eng qadimiy akulaning og’zini tiklashdi. Natija hayronqolarli bo’ldi: tishlar uzunligi 15 sm bo’lgan akulaning jag’i, og’zi va bo’y-bastini endi tassavur qilib olavering – bo’yining uzunligi kamida 25 metr bo’lishi kerak. Bunday ulkan og’izga 6 kishi bemalol sig’ib ketishi mumkin.
Akulalar kemirchakli (skeleti tog’ayli) baliqlar turkumiga kirib, ular skeletida suyak to’qimalari umuman bo’lmaydi. Shuning uchun ular ummonning eng tez suzuvchi jonivori hisoblanadi. Olimlar akulalarning eng yuqori tezligini hali-hanuz aniqlasha olmagan, ammo soatiga o’rtacha 40 kilometr tezlikda suzishi ma’lum.
Ularning o’rtacha uzunligi 14 metrni tashkil etgani holda og’irligi 13 tonnadir. Biroq 18 tonnaliklari borligi haqida ham faktlar uchraydi. Bunday akulalar torpedali katerni quvib yetishi yoyinki yaxta yo traulerni dumi bilan bir urib ag’darishi hech gapmas. Shu bilan barobarida Tinch okeani tublarida mitti akulalar ham yashaydi. Ularning uzunligi atigi 7,5 santimetrni tashkil etadi, xolos.
Qizig’i shundaki, akulalar dunyoga kelgandan to hayotining so’nggi kunigacha faqat harakatda bo’ladi. Negaki, ularning suzgich pufagi yo’q, shuning uchun harakatsiz turolmaydi, agar harakatni to’xtatsa, dengiz tubiga tushib ketadi. Baliqlarda esa suzgich pufagi borligi uchun ular «dam olish» paytida ham dengiz ostiga cho’kmay, suvda qilqib turaveradi. Olimlarning tasdiqlashlaricha, faqat qumakula (dengizning qumloq joylarida yashovchi akula)largina o’zlari uchun suzish pufagining o’rnini bosuvchi «ixtiro yaratishgan» : ular ko’p miqdorda havo so’rib oladi va bu havoni oshqozonida saqlaydi. Natijada, baliqlardek suvda qalqib turaverishi mumkin.
Akulalarning tishlari nafaqat o’zga jonzotlarni, balki odamzotni ham dahshatga soladi. Ular shunchalar tekis va bexato joylashganki, bir xillarining jag’ida ming va undan ortiq tish joylashgan bo’ladi.
Turgan bitgani mo’jizadan iborat akulalar terisining sirti g’aroyib tangalar bilan qoplanganki, ularni haqiqiy tish deysiz. Negaki, tangalarning usti emal bilan qoplangan, ichida esa asab tolalari va qon tomirlar “vij-vij”. Ayrim bahaybatlarida teri tangalari shunchalar o’sib ketadiki, hatto ovlayotganda garpun (katta baliq va akulalarni ovlashga otiladigan uzun nayza ham sanchilmaydi.)
Ularda hid bilish tuyg’usi o’ta rivojlangan bo’ladi. Nar akula modasini 3 kilometr masofadanoq sezadi. Taniqli zoolog A.D.Xezner “biz hid bilish organi shunchalar rivojlangan jonzotlar bilan hamdavr yashaymizki, ular oldida fan-texnikaning eng so’nggi yutuqlari bo’lmish o’ta sezgir asboblar ham ip esholmay qoladi”, degan edi. Ular aql bovar qilmas darajada ochofat ham. Buni shunday tushunish mumkinki, ular metallarni-da yutib yuboradi. Xo’sh, shu metallarni oshqozoni hazm qiloladimi? Ha, albatta, deydi olimlar. Xlorid kislota ular oshqozon soki tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun metall predmetlarni-da eritib, hazm qilib yuboradi. Shunday qiziq fakt kuzatilganki, bahaybat akula oshqozoni yorilganda otlarning bosh suyaklari uch metr uzunlikda tizilib yotganligining guvohi bo’lingan. Yoki boshqa birinikida esa juda yaxshi saqlangan, bus-butun, bir metr kattalikdagi ikkita delfin chiqqan. Qiziq, delfinlarni nega hazm qilmadi ekan? Keyin ma’lum bo’lishicha, akula sohilga yaqin joydagi “qo’riqxona”da yashagan. Delfinlarga tashlangan xo’raklar bilan oziqlanib yurgan. Shu vajdan delfinlarni zahirada saqlagan.
Genri Begolou va Vilyam Shreder 1948 yilgi ensiklopedik ishlarida akulalarning 225 tadan 250 tagacha turi ma’lum ekanligini aytishadi. O’n yil o’tgach, akulalarga bag’ishlangan ilmiy konferentsiyada ularning 350 ta turi borligi isbotlanadi. 90-yillarga kelib esa ixtiologlar (baliqlar haqidagi fan bilan shug’ullanadigan kishilar) dengiz va ummonlarda yashovchi aklalar turi 500 ga yaqinligini aniqlashdi. Demak, dengiz osti tilsimotlari u yoqda tursin, hatto dengizning yirik jonzotlaridan biri bo’lmish akulalarning qanchaligi ham hali “ tub-tubi”gacha o’rganilmagan ekan.
Oq akulalarni odamxo’r baliq deya hisoblashadi. Ulardan bittasi, hatto butun boshli otni ham paqqos tushirishi mumkin. 1959 yili Keniya baliqchilari qiziq voqeaning guvohi bo’lishgan ekan. Xorijiy matbuotda hikoya qilinishicha, suvsizlikdan sillasi qurigan fil suv topish ilinjida dengizga tushadi va ancha naridagi orolchaga qarab suza boshlaydi. Biroq shu topda oq akulalar galasi filni birpasda bo’laklarga bo’lib, yeb tashlashadi.
To’g’ri, oq akulalarning odamxo’rligi haqidagi gaplar bir oz ko’pirtirilgan. Ko’p akulalar odamga hujum qiladi, qachonki, o’zini xavf ostida sezsa yoki odamni o’zining yemishiga o’xshatib adashsa. Aks holda insonga umuman hujum qilmaydi.
Mutaxassislarning fikricha, akulalarning hujumi dunyo bo’yicha yiliga 50-70 tadan oshmaydi. Shundan 10 ga yaqin hodisa inson o’limi bilan tugaydi.
Dunyo bo’yicha har yili o’rta hisobda 100 million akula odamzot qo’lida jon beradi. Baliqchilar asosan eng mazali joyi-suzgichini ( suzish organi) kesib oladilar-da, Keyingi yillarda akulalarni himoya qilish borasida keng miqyosda ishlar olib borilmoqda. Bu bekorga emas. Negaki, 1983 yili olimlar tomonidan ulkan kashfiyot qilindi: akulalarning kemirchagida rakning oldini oluvchi va rak shishlarini qaytaruvchi modda borligi aniqlandi. Demak, bu mo’jizaviy jonzotni muhofaza etishga olam ahli o’z ulushini qo’shsa, borliqni asrash oson kechadi.

84 thoughts on “DENGIZ “QIROLI””

  1. Pingback: con cho so may
  2. Pingback: Eat Verts
  3. Pingback: useful content
  4. Pingback: Dick Long
  5. Pingback: Buy guns online
  6. Pingback: m918kiss
  7. Pingback: mơ đánh vợ
  8. I just want to tell you that I am just newbie to blogs and definitely liked you’re blog. Very likely I’m planning to bookmark your website . You definitely have great writings. Thanks a bunch for sharing your website page.

  9. Pingback: mice
  10. Pingback: mouse
  11. Pingback: muabacklinks
  12. Pingback: amazon 7 fire
  13. Pingback: Shaun Segal
  14. Pingback: باوربوينت
  15. Pingback: events car service
  16. Pingback: visual effects
  17. Pingback: xauusd
  18. Pingback: moon rocks
  19. Pingback: glycerin for skin
  20. Pingback: Psychiatry
  21. Pingback: benjaminthomson
  22. Pingback: Apple POS
  23. Pingback: Pool Finish
  24. Pingback: w88 club
  25. Pingback: diablo 2 store
  26. Pingback: Casio Watches
  27. Pingback: silk thong panties
  28. Pingback: Victor Metlege
  29. Pingback: Karikaturtegning
  30. Pingback: silk square scarf
  31. Pingback: satta
  32. Pingback: w88vn
  33. Pingback: letou88.com
  34. Pingback: vn88lode
  35. Pingback: vn88bet
  36. Pingback: 1gomgom
  37. Pingback: bk8vui
  38. Pingback: fun88sports
  39. Pingback: 먹튀검증
  40. Pingback: fb88tv
  41. Pingback: 1gom
  42. Pingback: mot88bet
  43. Pingback: domeny
  44. Pingback: nha cai jbo
  45. Pingback: keonhacai homnay
  46. Pingback: sbobet.com
  47. Pingback: Bartier Perry

Comments are closed.