Namangan viloyati Uychi tumani XTB ga qarashli 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Biologiya darslarini zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida tashkil etish” mavzusida tashkil etilgan viloyat o‘quv-amaliy seminari bo`lib o`tdi

2018 yil 16-mart kuni NamDU huzuridagi XTXQTMOHM aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi hamda Namangan viloyati Uychi tumani XTB tamonidan tumanning 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Biologiya darslarini zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida tashkil etish” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda biologiya fani yoʻnalisgida tuman miqyosidagi “Tayanch maktab”lari trener-o‘qituvchilari, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar va tuman(shahar) tabiiy fanlar metodistlari ishtirok etishidi.

Seminarda Uychi tumani XTB ga qarashli 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabi biologiya fani o`qituvchisi Toshmatova Dilafroʻz tomonidan “Qirqquloqlar boʻlimi” mavzusida, 24-umumiy oʻrta ta’lim maktabi kimyo fani o`qituvchisi Raximova Soxilaxon tomonidan  “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusida tashkil etilgan ochiq darslari kuzatildi.

Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy yondashuvlar asosida biologiya darslarini tashkil etishda foydalaniladigan innovatsion axborot va ta’lim texnologiyalari hamda ulardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar oldilar hamda ushbu yo‘nalishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘ldilar.

Seminar yakunida ishtirokchilarga mavzu asosida metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari va ko`rgazmali qurollar tarqatildi.

Seminar davomida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda olingan ma’lumotlarni xududlarda targ‘ib etish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv amaliy seminarlar tashkil etishga kelishib olindi. Ushbu vazifa tuman fan metodistlari va tuman miqyosidagi “Tayanch maktab”lari trener-o‘qituvchilari zimmasiga yuklatildi.