«QIZIL KITOB»dagi parilar

Hammamiz yaxshi bilamiz, ya’ni yoshligimizdayoq bu jonzotlar haqida ertaklar eshitganmiz va o’qiganmiz, qisqasi, quloqlarimizga singib ketgan. Gap nimadaligini anglamadingiz chog’i. Gap suv parilari haqida.
Bugungi fan taraqqiyoti va ilmiy kuzatuvlar suv parilari haqidagi ertaklar bekorga to’qilmaganligini isbotladi. Ertakning tagida jon bor ekan.
Gap shundaki, Gana institutining dengiz biologiyasi bo’yicha shug’ullanuvchi mutaxassislari o’tkazgan tekshiruvlar ertaklardagi go’zal suv parilari aslida suvda yashovchi ulkan sut emizuvchi lamantinalar ekanligini isbotladi. Ular Atlantika okeaninig G’arbiy Afrikadagi sohillarida hamda ko’l va daryolarda yashaydi.
Institut ilmiy xodimasi Mamaa Ensua- Mensaning ta’kidlashicha, lamantinalarni oy nurida kuzatilsa, yarmi baliq, yarmi ayol ko’rinishidagi jonzotga o’xshar ekan. Ayniqsa, ularning urg’ochilari xuddi ayollarnikidek ko’krak qafasga ega bo’ladi. Bo’yi esa 2 – 4 metr, vazni 450 kilogrammgacha tosh bosadi. Barcha sut emizuvchilardagi singari ularda ham o’pka bo’lib, nafas olish uchun tez–tez suv yuzasiga chiqib turadi. Shu paytda ularni ko’rgan odam suv parisiga duch kelganligiga chippa – chin ishonadi.
Kuzatuvlardan ma’lum bo’lishicha, lamantinalar kunduzi uxlab, kechasi ozuqa qidiradi. Ularning ko’zi kichik, quloqlari deyarli ko’rinmaydi, bo’yini qisqa, qo’l o’rnida kurakoyoqlar bor. Ular odamlarga zarar yetkazmaydi. Yana shu narsa ma’lumki, lamantinalar suv o’tlari bilan oziqlanadi. Kuniga o’z vazning 20 foiziga teng og’irlikda o’t yeydi. Gana olimlari suv havzalarini parazit o’simliklardan tozalashda lamantinalardan foydalanish borasida tadqiqotlar o’tkazmoqda.
Ammo afsuslanarli jixati ham bor ekan. Ya’ni dunyoda lamantinlarning atigi uch turi mavjud bo’lib, ularning barchasi Xalqaro qizil kitobga kiritilgandir.

22 thoughts on “«QIZIL KITOB»dagi parilar”

  1. Pingback: w88club
  2. Pingback: mo thay an bap
  3. I simply want to say I’m beginner to weblog and actually loved you’re web blog. Likely I’m likely to bookmark your website . You absolutely come with amazing posts. Thanks a lot for revealing your blog site.

  4. Pingback: mơ thấy em trai
  5. Pingback: lợn đẻ
  6. Pingback: cbd for anxiety
  7. Pingback: tree cutting
  8. Pingback: usa dumps shop

Comments are closed.